«suv ta’minoti» tegli maqolalar


2021-yilgi sug‘orish mavsumida suv ta’minoti 25 foiz kam bo‘lishi kutilmoqda
25 fevral 2021, 01:46

2021-yilgi sug‘orish mavsumida suv ta’minoti 25 foiz kam bo‘lishi kutilmoqda

Prezident raisligida o‘tgan yig‘ilishda 2021-yilgi sug‘orish mavsumida suv ta’minoti 25 foiz kam bo‘lishi kutilayotgani aytildi. Shu bois, 430 ming gektarda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish orqali 3 mlrd kubmetr suvni tejash lozimligi ta’kidlandi.

Fransiya kompaniyasi O‘zbekistondagi suv ta’minotini rivojlantirishga ko‘maklashadi
22 fevral 2021, 09:54

Fransiya kompaniyasi O‘zbekistondagi suv ta’minotini rivojlantirishga ko‘maklashadi

Fransiyaning «SUEZ» kompaniyasi Toshkent va Samarqand shaharlarida suv ta’minoti tizimlarini takomillashtirish uchun loyihalarni amalga oshiradi. Fransiya tomonidan Toshkent shahrida suv ta’minoti tizimini yaxshilash loyihasini amalga oshirish uchun 145 mln yevro ajratiladi. Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va Qashqadaryodagi umumta’lim maktablarini ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha ishlar yo‘lga qo‘yiladi.

Energoresurs tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanganlar 7 yilgacha qamalishi mumkin
27 yanvar 2021, 10:36

Energoresurs tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanganlar 7 yilgacha qamalishi mumkin

Bosh prokuratura elektr, issiqlik energiyasi, gaz va suv ta’minotidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni taklif qilmoqda. Eng yuqori jazo chorasi — 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish deb belgilangan.

Yangiyo‘l shahrida suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi
12 yanvar 2021, 12:46

Yangiyo‘l shahrida suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi

Yangiyo‘l shahrida 12 yanvar kuni 06:00 dan 20:00 ga qadar suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatilib, bir qancha hududlarda uzilishlar kuzatilishi ma’lum qilindi.

Andijonda suv ta’minotidagi uzilishlar bartaraf etildi
12 yanvar 2021, 11:01

Andijonda suv ta’minotidagi uzilishlar bartaraf etildi

Andijon shahriga ichimlik suvi yetkazib beruvchi «Xonobod-Andijon» markaziy suv quvurining «Anjirzor» ko‘chasi hududida joylashgan suv taqsimlash jihozida yuzaga kelgan nosozliklar bartaraf etildi. Hozirda ta’mirlash va sozlash ishlari yakuniga yetkazilgan.

Andijondagi suv quvurida yuzaga kelgan avariya 20 dan ortiq mahallaning suv ta’minotini to‘xtatgan
11 yanvar 2021, 12:43

Andijondagi suv quvurida yuzaga kelgan avariya 20 dan ortiq mahallaning suv ta’minotini to‘xtatgan

Suv quvurlaridan birida yuzaga kelgan avariya Andijon shahri, Oltinko‘l va Andijon tumanining 20 dan ortiq mahallalarida suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatgan. Aholining ichimlik suvi ta’minoti 12 yanvar kuni tiklanishi rejalashtirilmoqda.

Qashqadaryoda elektr uzilishlari sababli suv ta’minoti to‘xtadi
7 yanvar 2021, 12:11

Qashqadaryoda elektr uzilishlari sababli suv ta’minoti to‘xtadi

Qashqadaryo viloyatida Talimarjon IESga yetarli miqdorda gaz bormaganligi uchun, ikkita energoblok to‘xtab, elektr energiya tizimida uzilishlar kuzatildi. Buning natijasida bir necha tumanlarda suv ta’minoti ham to‘xtagan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting